

25 yoshli forvard 2019 yilda tugaydigan bitimini 2022 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.
Yangi kelishuv "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis ishtirok etgan maxsus matbuot-anjumanida imzolandi.
Insine "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirgacha klub safida 208 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urdi va 47 ta golli pas berdi.



