
Biz ajoyib mavsumni o'tkazdik. Lekin yanada ko'prog'ini xohlagandik, buni muxlislarimiz ham yaxshi bilishadi. Skudettoni qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Ammo bu rejamiz amalga oshmadi. Chempionlar ligasi yo'llanmasi va Italiya kubogini qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz. Keyingi mavsumda chempionlikni uchun kurashamiz. Uchinchi o'rin ham yomon emas. Bizdan oldinda "Roma" va "Yuventus" kabi juda kuchli jamoalar o'rin olishdi.