

Italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabar berishicha, Ronaldu uchun Chempionlar Ligasida qatnashish eng ustuvor vazifa. Agar “Yuventus” Yevropa Ligasida qatnashadigan bo'lsa, u holda portugaliyalik A Seriyani tark etadi.
Bugun “Yuve” yangi mavsum uchun formalarni taqdim etdi va unda Ronaldu borligini ham ko'rish mumkin.
Avvalroq, portugaliyalik yulduz o'z mashinalarini Turindan olib chiqib ketgani haqida xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo shogirdlari chempionat so'nggi turi oldidan turnir jadvalida 75 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Jamoani YCHL o'rnidan atigi bir ochko ajratib turibdi.



