Infantino: "JCH ishtirokchilari soni ortishidan jahon futboli yutadi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2016, 18:45
FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari soni ortishi haqida fikr bildirdi.

"Konfederatsiyalar Kubogi ishtirokchilari sonini orttirish borasida o'ylab ko'rish kerak (kuladi). Futbolni yaxshi ko'raman. Bugun futbol - faqat Yevropa yoki Janubiy Amerika emas. Bizda ikki yo'l bor - Yevropa va Janubiy Amerika ishtirokchilari sonini kamaytirish yoki qatnashchilarni ko'paytirish. 48 ta jamoa - bu bor-yo'g'i FIFAning 22% a'zolaridir.

Evroda 24 ta jamoa ishtirok etadi - bu UEFAning 45% a'zosi degani. Bu klublarga ham tegishli. Boshqa klublar uchun ham joy topishga urinib ko'ramiz. Jahon futboli bundan faqat yutadi deb o'ylayman" - deydi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com