Inesta va “Barselona” shartnoma muddati bo'yicha kelisha olishmayapti

10 dek 2013, 10:33
“Barselona”ning Inesta bilan yangi shartnoma bo'yicha olib borayotgan muzokaralari, kelishuv muddati sababli cho'zilib ketayapti.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirmoqchi, shu o'rinda kataloniyaliklar futbolchiga 2018 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif etishayapti, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

Biroq shartnoma muddati bo'yicha muammo yuz berganiga qaramay, tomonlar yangi shartnoma imzolashga yaqin turishibdi.


Manba: sports.ru