Incheon-2014. Serik Mirbekov va Gerasim Kochnevdan bronza!

Narzulla Saydullayev
29 sen 2014, 08:48
Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi medalga ega bo'ldi.
Kanoening 1000 metr masofaga o'tkazilgan juftlik bahslarida Serik Mirbekov va Gerasim Kochnev terma jamoamiz g'aznasiga bronza medalni qo'shib qo'yishdi.

Hamyurtlarimiz 3 daqiqayu 47.650 soniya vaqt bilan marra chizig'ini uchinchi bo'lib kesib o'tishdi. Birinchi o'rinni qozog'istonlik Mixail Emelyanov va Timofey Emelyanov juftligi (3:44.936) egallagan bo'lsa, xitoylik Vang Rivei va Zeng Pengfei juftligi (3:46.250) kumush medaliga sazovor bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com