
Futbolchi, shuningdek, jamoadoshi Krishtanu Ronalduning o'yinlarini alohida etirof etib, uni jahonning eng yaxshi futbolchisi deb bilishni ta'kidlab o'tdi.
"O'zimni har doim, har bir mashg'ulotda bor kuchini berib ishlaydigan, mehnatdan qochmaydigan inson deb bilaman. Albatta, o'yinlarda har qanday holat yuz berishi mumkin. Biroq men har bir o'yinga to'g'ri chog'lana olaman".
"Ronaldu haqida gapiradigan bo'lsam, u - jahonning eng yaxshi futbolchisi. Biz, uning jamoadoshlari ham unga munosib bo'lishimiz kerak", - deydi Ilyaramendi.