Ildar Sakaev: "Dinamo" bizdan ikki kun ko'proq dam olgandi"

Narzulla Saydullayev
5 may 2019, 20:44
“Andijon” – “Dinamo” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- “Dinamo” – juda yaxshi jamoa. Lekin biz uydagi o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritishimiz lozim edi. Kerak bo'lmagan vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Himoyada ishonchliroq o'ynashimiz lozim edi. 2 ta zarbaning ikkalasi ham golga aylandi. Qolaversa, yaratilgan qulay imkoniyatlarda unumli foydalanishda ham u qadar muvaffaqqiyatli o'ynamadik. Gol o'tkazib yuborgach biroz shoshib qoldik. Balkim raqib jamoa bizdan ko'ra 2 kun ko'proq dam olgani ham o'yinga o'z ta’sirini o'tkazgandir, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz