Ildar Sakaev Andijonga kelmaydi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2016, 21:06
Tajribali mutaxassis Ildar Sakaev “Andijon” jamoasida ishlamaydi.

Bu haqida uning o'zi “SA”ga ma'lum qildi. “Andijon” jamoasida ish boshlashim haqidagi gap-so'zlar shunchaki, mish-mish. To'g'ri, ilgari mazkur klubda faoliyat olib borganman, lekin bu yana u yerda ishlashimni anglatmaydi”, - deydi Ildar Usmonovich.

O'tgan mavsum birinchi liga vakili “Oq-tepa”ni boshqargan murabbiy ayni vaqtda Terma jamoalar markazida faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia