Ikrom Aliboev: "O'yin sifati? Bu borada biror bir gap ayta olmayman"

Aziz Tukhtamuradov
7 iyun 2019, 12:04
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Ikrom Aliboev KXDRga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoadagi ichki muhit yaxshi. Turkiyadagi o'yinda ham jamoa yomon harakat qilmadi deb o'ylayman. Ular Yevropaning kuchli jamoalaridan biri hisoblanishadi. Oldinda turgan o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. KXDR va Suriyaga qarshi bahslarda muxlislarni xursand qilmoqchimiz. 

Ushbu yig'in davomida bosh murabbiy meni o'zim uchun qulay bo'lgan markazda o'ynatmoqchi. Klub va terma jamoadagi vazifam deyarli o'xshash. Chunki, har ikkisida ham sxema bir hil. 

O'yin sifati? Bu borada biror bir gap ayta olmayman. Chunki, mutaxassis emasman. Terma jamoa libosini kiyganimda borimni berib o'ynashga harakat qilaman. Bu bo'yicha Mister Kuper javob bera oladi. 

Ektor Kuper tomonidan yo'lga qo'yilgan yangilik? Intizom. Murabbiy intizomni birinchi o'ringa qo'yar ekan. O'ylaymanki, bu yaxshi jihat. 100 foiz harakat qilsak, ushbu murabbiy bilan jahon chempionatiga chiqsak bo'ladi. To'g'ri, natijalarimiz u qadar yaxshi emas. Osiyo kubogida ham Avstraliyaga qarshi yaxshi o'ynagandik. Biroz omad yetishmadi. O'shanda g'alaba qozonganimizda balki finalgacha yetib borardik", - dedi Ikrom Aliboev championat.asia sayti muhbiri bilan suhbatda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia