Ikki futbolchisi qizil olgan bahsda AGMK "Zarya"ga yirik hisobda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2018, 23:00
Bugun AGMK Antaliyada davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yana bir nazorat o'yinini o'tkazdi.

Bu galgi raqib Ukraina chempionati vakili "Zarya" jamoasi bo'ldi. Uchrashuvni ozarboyjonlik hakamlar guruhi boshqarib bordi. O'yin ancha tez va kurashchan ruhda o'tdi. Bahs davomida hakam ikki futbolchini ikkitadan sariq kartochka ko'rsatgan holda maydondan chetlatdi. Birinchi taymning 18-daqiqasida Dilshod Jo'raev, 73-daqiqada G'ulom-Haydar G'ulomov qizil olishdi. Uchrashuvda raqib 3-0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu bahsda mashg'ulotlar bilan cheklangan bir qator futbolchilar maydonga tushishmadi.

AGMK rejasidagi so'nggi bahs 27 yanvar kuni Serbiyaning "Spartak Subotica" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz