Iker Kasilyas: “Hozir kelajagim haqida o'ylashning mavrida emas”

14 fev 2014, 13:10
“Real” darvozaboni Iker Kasilyas keyingi mavsum kelajagi xususida bir qarorga kelishini ta'kidladi.

“Doimiy tarzda maydonga tushmasamda, ammo yaxshi sport formadaman. Kelajakdagi faoliyatim haqida keyingi mavsumda bir qarorga kelishim mumkin, lekin hozir buning  mavridi emas. Ayni paytda oldinda turgan o'yinlar va Ispaniya Kubogi haqida o'ylayapman.

Keyingi vazifamiz Chempionlar ligasi bahslariga tayyorgarlik ko'rishdan iborat, chunki bu o'ziga xos muhim musobaqa sanaladi”, - deydi Kasilyas.


Manba: sports.ru