Iguainning apellyaciyasi rad etildi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018
Argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain "Milan"ning 2ta uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Futbolchi "Yuventus"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. Haqorat uchun argentinalik 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi. Iguain hech kimni so'kmaganini aytib, apellyaciya berishga qaror qildi.

Italiya futbol federatsiyasi 30 yoshli futbolchining apellyaciyasini rad etdi. Endi Iguain "Lacio" va "Parma"ga qarshi bahslarda "Milan" sharafini himoya qila olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com