Iguain: "12 ochko olib guruhdan chiqa olmaganimiz alam qilmoqda"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2013, 12:53
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain YCHL 6-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) juda xafa ekanligini yashirmadi.
Italiya klubi 12 ochko to'pladi, ammo "Borussiya" va "Arsenal" qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga guruhdan chiqishdi

– Bunga ishona olmayman, – deydi Iguain "Napoli" rasmiy saytiga. – Qandaydir bemanilik, axir boshqa guruhlarda 12 ochko olgan klublar 1/8 finalga chiqishdiku. Biz chiroyli o'ynab keyingi bosqichga chiqishga haqli edik. Bunday holat birinchi marta… G'aroyib… Endi bor e'tiborimizni Italiya chempionatiga qaratamiz, keyin esa bizni Yevropa ligasida qiziqarli o'yinlar kutib turibdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru