Ibragimovich: "Men MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchiman"

Mirjalol Normatov
30 apr 2022, 00:47
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zini MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb atadi.

Shvetsiyalik forvard 2018-2019 yillarda "Los-Anjeles Gelaksi" tarkibida 58 o'yinda 53 gol urib, 15 golga assist bo'ldi.

"MLSga rahmat aytaman, u yerda men o'zimni tirik his etdim.

Bu liga uchun kuchlilik qildim, ligani boshqardim desam ham bo'ladi. Balki MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchidirman.

Ushbu ligada yaxshi vaqt o'tkazdim. Undan tashqari, ligadagilarning ishlashi va marketingdagi faoliyati ham menga yoqdi.

Jarohatdan forig' bo'lib, futbolga qaytib olishda ham MLS muhim rolni bajardi. Undan tashqari, o'zim uchun ham aytishim mumkinki, o'shanda o'zim uchun eng yaxshi holatimda edim.

Bo'sh stadionlar umuman yo'q edi. Borishimdan oldin u yerdagilar stadionlar bo'sh bo'lishini aytishgandi. Shu sababli bu haqida hech nima deya olmayman. MLSda faoliyat olib borganimdan xursandman", - dedi "Milan" hujumchisi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal