Ibragimovich mavsum so'ngiga qadar “Milan”da qoladi

23 iyun 2020, 09:36
Bu haqida klub sport direktori ma'lum qildi.

“Milan” sport direktori Riki Massara so'zlariga ko'ra, 30 iyunda klub bilan shartnomasi yakuniga etadigan futbolchilar bilan mavsum so'ngiga qadar shartnoma uzaytiriladi. Ushbu futbolchilar ro'yxatida Zlatan Ibragimovich, Lukas Bilya, Jakomo Bonaventura, Simon Kyaer, Aleksis Salemakers va Asmir Begovich bor.

“Ibra - chempion. Jamoa u kelganidan so'ng sezilarli darajada kuchaydi. Mavsum yakunida o'tirib, vaziyatni muhokama qilishimiz kerak. Shu jumladan, uning rejalarini ham. U qiyin davrda “Milan”ga yordam berishni xohladi. Ibragimovichdek o'yinchining har qanday jamoaga yordami tegishi sir emas. U fenomenal o'yinchi”, - deydi Massara.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia