

Jarohatdan endi tiklanayotgan 35 yoshli shvetsiyalik hujumchi ushbu haftada jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekkan edi.
“U Chepionlar ligasining guruh bahslari uchrashuvlariga tayyor bo'lolmaydi. O'ylaymanki u pley off bahslaridan boshlab u maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Buning uchun biz guruh bosqichida muvaffaqiyatli qatnashishimiz lozim.
Uning qachon maydonga qaytishi haqida o'ylashni istamayman. Men bu haqda gapirmayman va shifokorlardan ham bu haqda so'ramayman. U mavsumning ikkinchi yarmida bizning safimizni to'ldiradi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, YCHLda “Manchester Yunayted” o'z guruhida SSKA, “Benfika” va “Bazel” jamoalari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi.



