Husayn Norchaev: "Sovrinni ota-onamga bag'ishlayman"

Mirjalol Normatov
27 may 2025
O'zbekiston Superkubogida "Andijon"ga qarshi o'yinda yagona gol muallifi bo'lgan Husayn Norchaev o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Hissiyotlar a'lo darajada. Shukur, qaytganimdan keyingi birinchi kubogim. Bu sovrinni ota-onamga bag'ishlayman. Ularga rahmat aytaman, ota-onam xursand bo'lishsa, men ham xursandman. 

- Muxlislar haqida nima deya olasiz?

Bugun yomg'irli havo bo'lgan bo'lsa-da, shu erga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagani uchun muxlislarga katta rahmat aytamiz. Ular doimo biz bilan bo'lishsin, muxlislarning ishonchini oqlaymiz.

- Qo'lingizdagi o'yinchoqni qaysi muxlis sovg'a qildi?

- O'zimga tanish bo'lgan muxlis. Unga katta rahmat, Toshkentga har kelganimda sovg'a beradi. E'tibor uchun katta rahmat.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia