

Ushbu bahs oldidan "Mashal-2" klubi futbolchisi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi raqibimiz chempionat peshqadami. Biz ham yetakchilar qatoridamiz. Shu bois bugungi bahs juda murosasiz bo'lishiga shubha yo'q. Biz ham bugun nimalarga qodirligimizni ko'rsatishga intilamiz. O'ylaymanki bugun jamoamiz bilan kerakli natijani qo'lga kiritamiz", - deydi "Mashal-2" futbolchisi Xusan Olimjonov



