Hisobot. JCHga eng ko'p muxlis qaysi davlatdan bordi?

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 14:14
Rossiya federal xavfsizlik xizmati bir qator ma'lumotlarni taqdim qildi.

Tashkilot JCH o'yinlariga tushgan muxlislarning davlatlari borasida qiziqarli xabarni taqdim qildi.

Unga ko'ra, Rossiyadagi mundialga eng ko'p muxlis Xitoydan tashrif buyurgan (53 mingdan ko'proq). Keyingi o'rinlarda AQSH (46 mingdan ko'proq), Meksika (41 mingdan ko'proq), Argentina (31 mingdan ko'proq), Braziliya (27 mingdan ko'proq), Germaniya va Buyuk Britaniya (25 mingdan ko'proq), Kolumbiya (23 mingdan ko'proq), Peru va Fransiya (20 mingdan ko'proq), Xorvatiya (18 mingdan ko'proq) kabi davlatlar qayd etilgan. Rossiyalik muxlislar esa 633 mingni tashkil qildi.

Barcha hisoblar Fan-ID orqali chiqarilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fsb.ru