Here we go! Meyson Grinvud - "Marsel" futbolchisi!

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2024, 16:25
Uchchala tomon o'zaro kelishuvga erishdi.

Francuz klubi Meyson Marselga yetib borishi uchun xususiy reys buyurtma qilishgan. Futbolchi u yerda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Klub va futbolchi o'rtasida 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolanadi. "Manchester Yunayted" o'z tarbiyalanuvchisining transferidan 30 mln evro oladi va uning keyingi transferidan 50 foiz ulush olish imkoniga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano