Gyuler tizzasini operaciya qildirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2023
"Real" xavbeki Arda Gyuler operaciya qilinishi mumkin.

18 yoshli yarim himoyachi o'ng tizzasidan olgan jarohati tufayli AQSHdan Madridga qaytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub avvaliga futbolchini trombocitlarga boy plazma ukollari orqali davolashga urinib ko'radi. Agar bu uslub ish bermasa, turkiyalik operaciya qilinadi. Qaytish muddati aniq emas.

Gyuler iyul boshida "Fenerbaxche"dan "Real"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic