Gyotce: men yanada yaxshiroq harakat qilishim kerak

Tolibjon Qosimov
14 avg 2013, 12:58
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce oyog'idagi jarohatdan forix bo'lganligidan va endilikda maydonda bor kuchi bilan harakat qila olishidan juda xursand, deb xabar beradi nemis OAV.

Futbolchi Vengriyaning “Dyor” klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida dublga erishgan.

“Maydonga chiqib, o'zimda o'zgacha tuyg'uni his etdim va menda hali ham bir narsa yetishmayotganligini sezdim. Yaqin bir necha hafta davomida ko'proq shug'ullanishim kerak deb o'ylayman. Ayni paytda  maydonda 90 daqiqa harkatlanishga tayyor emasman”, - deydi futbolchi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com