Gvardiola Xolandning holati haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
15 dek 2023, 20:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning holati haqida ma'lumot berdi.

"U bugun keldi, shifokorlar yaqin vaqtlarda uni ko'rikdan o'tkazishadi va keyin holatga qaraymiz. Erling davolanish kursini o'tkazmoqda. Umid qilamanki, u klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynay oladi.

Biroq u ushbu haftada o'ynamaydi. Uning jarohati yo'q, shunchaki tushkunlikka tushib qolgan. Shifokorlarimiz uni har kuni kuzatib borishimiz kerakligini aytishdi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ManCity