Gvardiola: “VAR tizimi kamchiliklarini bartaraf etish lozim”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 2-turida “Tottenhem”ga qarshi bahs haqida gapirdi.

“Futbolchilarimi bilan faxrlanaman. Ular maydonda borlarini berishdi. Muxlislar biz  yaxshiroq o'ynaganligimizni   aytishlari mumkin, ammo yakunda natija muhim ahamiyatga ega. Biz g'alaba qozonishni istagandik, yigitlar ham shunga loyiq o'yin ko'rsatishdi, ammo bu futbol.

VAR tizimi haqida gapiradigan bo'lsam, biz o'tgan yili YCHL bahsida ham xuddi shu kabi holatni boshimizdan o'tkazgandik. Ammo bu hol yana takrorlandi. Ikkinchi marta bunday holatda qolish juda og'ir. VAR ning kamchiliklarini oxirigacha etkazib qo'yish lozim. O'ylashimcha, muxlislar jamoaning o'yinidan xursand bo'lishdi, biz esa yana va yana ishlashda davom etib, yaratilgan vaziyatlardan samaraliroq foydalanishimiz lozim”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.


Manba: BBC