Gvardiola: "Liverpul" - ajoyib jamoa"

Mirjalol Normatov
20 yanv 2020, 20:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Sheffild"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashganman.

"Albatta, "Liverpul" - ajoyib jamoa. Biroq men har doim 24 soat mobaynida jamoam uchun kerakli bo'lgan narsalar haqida o'ylayman. Raqiblarning holati menga unchalik ham qiziq emas. Raqiblarimiz darvozamiz oldida minimum imkoniyatlar yaratib, maksimal darajada foydalanishyapti. "Norvich" uch zarbada uch gol urdi, "Tottenxem"ning ikkala zarbasi ham golga aylandi. Endi esa "Liverpul" bilan bahslashish uchun bu borada ko'proq ishlash kerak", - dedi Gvardiola.

APLning 23 turidan keyin "Siti" 48 ochko bilan 2-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal