​Gvardiola Isko bilan transfer borasida gaplashdi

29 mar 2018, 14:15
Madridning "Real" klubi futbolchisi Iskoga "Manchester Siti" jamoasi qiziqish bildirmoqda.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Gvardiola futbolchi bilan transfer borasida og'zaki kelishuvga erishgan, bo'lishi mumkin. Murabbiy unga asosiy tarkibdan joy olishiga kafolat bergan. Bundan tashqari Gvardiola Isko orqali o'yin taktikasini qurishi mumkinligini aytdi. Avval Isko "Real"dagi faoliyatidan norozilik bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Joriy mavsumda Isko 25 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru