Gvardiola “Bavariya”ga Tiago Silvani taklif etishga qaror qildi
15 noya 2013, 14:39
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga PSJ klubi himoyachisi Tiago Silvani taklif etmoqchi, deb xabar beradi nemis OAV.
Braziliyalik futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2018 yilgacha amal qiladi. Ammo soliqlarning oshishi to'g'risidagi yangi qonun kuchga kirganida, o'yinchi klubni tark etishga qaror qilishi mumkin.