

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.
"Arsenal" hamon bizdan yaxshiroq holatda va haqli ravishda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biz bu haqda o'ylamaslikka harakat qilamiz. Biz har bir o'yinga bor e'tiborimizni qaratishimiz lozim. Qolganini vaqt ko'rsatadi", dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
“Manchester Siti” APLning navbatdagi turida o'z maydonida “Tottenxem”ga qarshi bahs olib boradi. Barcha turnirlardagi o'zaro so'nggi etti uchrashuvda "shaharliklar" "shporlar"ni faqat ikki marta mag'lub etishdi.



