Grizmann: "Desham Modrich va Rakitichni qanday to'xtatishni biladi"

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2018, 19:37
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham mundial finalida xorvatlar yetakchilari Luka Modrich va Ivan Rakitichlarni qanday to'xtatishni biladi.

Bunday fikrni francuzlar hujumchisi Antuan Grizmann matbuot anjumanida aytib o'tdi.

"Modrich va Rakitich - juda yuqori darajadagi o'yinchilar, ular jamoa yetakchilari. Lekin, o'ylashimcha Desham ularni to'xtatish uchun nimadir tayyorlab qo'ygan. Umuman olganda, biz raqiblar haqida gapirishni yoqtirmaymiz. Biz o'z kuchimizga ishonamiz", - dedi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tass.ru