Grigoriy Kolosovskiy: "Yigitlar bugun borini berib o'ynashdi"

Narzulla Saydullayev
14 avg 2016, 12:49
"Paxtakor" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezmonlar murabbiyi o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Ikkinchi bo'limni muvaffaqiyatsiz o'tkazdik. Raqibga 30 daqiqa ekrinlik berdik va ular bundan unumli foydalanib, gol urishdi. Biz ko'proq hujum qildik, ayniqsa birinchi bo'limda. Gol urish uchun ajoyib imkoniyatlarga ega edik. Avvalgi bahslarda ham golli vaziyatlardan foydalana olmagan edik. Bu bizning asosiy muammoimizga aylanib bormoqda.

Bizda tarkib borasida muammolar bor. Zaxira o'rindig'imiz juda kichkina. Asosiy tarkib futbolchilari juda ko'p kuch sarflashmoqda. Yigitlar bugun borini berib o'ynashdi. Hoshimovning chetlatilishi ham ta’sir qildi. Uni shunga majbur qilishdi. Davron bunga e'tibor bermaganida, uchrashuv boshqacha o'tgan bo'lardi. Biz g'alaba qozonmoqchi edik, ammo bu amalga oshmadi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz.

Biz birinchi bo'limda faqat hujum qildik. "Buxoro"da esa sanoqli vaziyatlar bo'ldi. Chetlatishdan so'ng o'yinimiz o'zgarib ketdi. So'nggi 3-4 daqiqada Karimov va Masharipovda ajoyib imkoniyat bo'ldi. Ular zarba berishning o'rniga, to'pni jamoadoshiga oshirishdi - deydi Grigoriy Kolosovskiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia