Gorecka joriy mavsumda ortiq o'ynamaydi

Alisher
10 may 2021
"Bavariya" xavbeki Leon Gorecka Bundesliga 32-tur doirasidagi "Borussiya" (6:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Germaniyalik futbolchi 60-daqiqada maydonga tushdi, 10 daqiqa o'tib esa oyog'idagi jarohat sabab almashtirildi.

Xabarlarga ko'ra, Goreckaning bosh maqsadi - Yevropa chempionatiga qadar tiklanish va 15 iyunda boshlanadigan turnirda Germaniya terma jamoasi safida o'ynash.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker