Giggz bugun Uels terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2018, 08:01
Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz bugun Uels terma jamoasini qabul qilib oladi.

Mamlakat futbol Assotsiatsiyasi 44 yoshli murabbiy bilan 4 yillik shartnoma tuzadi. Uelsni boshqarish uchun Kreyg Bellami, Oshian Roberts va Mark Bouen kabi murabbiylar ham da'vogar edi.

Giggz Uels terma jamoasi safida 64ta o'yin o'tkazgan. Murabbiy sifatida bir necha yil davomida MYUda ishladi, 2014 yil bahorida klubga vaqtincha bosh murabbiy bo'lgandi.

Uels terma jamoasi sobiq ustozi Kris Koulmen noyabr oyida o'z lavozimini tark etib Sanderlendda ish boshlagandi. JCH-2018 saralashida Uels "D" guruhida 3-o'rinni olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com