

"Qizil iblislar" rahbariyati uelslik xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, ammo bu voqea yozda sodir bo'lishi ehtimoli juda kam.
"Beylning transferi ushbu yozda bo'ladi deb o'ylamayman, ammo ko'rasiz, bir kun kelib u "Old Trafford"da o'ynaydi. Agar Beyl Angliyaga qaytsa, uni xarid qila oladigan jamoalar soni juda kam bo'ladi. "Real"dan so'ng faqat bir necha klub nufuz va tarix borasida raqobatlasha olishi mumkin. Ammo doimo shuni aytganman - Beyl Madridda baxtli. Uning transferi amalga oshmaydigan emas, biroq u dunyoning eng yirik klublaridan birida o'ynaydi. Agar u yerda futboldan rohatlanayotgan bo'lsa, kyetish uchun sabab yo'q" - deydi Giggz.



