Germaniya terma jamoasi futbolchilari Evrodagi mukofot pullarining salmoqli qismini uysizlarga yordam berish uchun xayriya qiladi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2024, 23:43
Nemislar turnirdagi g'alaba uchun 400 000 evro olishi mumkin.

Yulian Nagelsmann shogirdlari “A” guruhida birinchi o'rinni egallagan holda nimchorak finalga yo'l oldi. Buning uchun har bir o'yinchi Germaniya futbol assotsiatsiyasidan 50 000 evro miqdorida bonus oladi.

Mukofot miqdori oshishi mumkin: nemislar chorak finalga chiqqani uchun har bir futbolchi 100 000 evro, yarim finaldagi ishtirok uchun 150 000, finalga chiqqani uchun 250 000, turnir g'olibligi uchun 400 000 olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchilar mukofot pulining salmoqli qismini uysizlarga yordam beradigan xayriya tashkilotlariga o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild