Germaniya superkubogi: "Bavariya" "Ayntraxt"ni tor-mor etdi va mavsumni sovrin bilan boshladi

13 avg 2018, 01:20
Germaniya superkubogi uchrashuvi doirasidagi uchrashuvda "Ayntraxt" "Bavariya" bilan kuch sinashdi va yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Niko Kovach "Bavariya" rulidagi ilk uchrashuvida g'alaba qozondi va Germaniya Superkubogi sovrinini qo'lga kiritdi.

Qizig'i, Kovach "Ayntraxt" bosh murabbiyi sifatida ham oxirgi o'yinini o'shandagi bo'lajak jamoasi "Bavariya"ga qarshi o'tkazib, Germaniya kubogi finalida g'alabani tantana qilgandi. "Bavariya"dagi debyut bahsida esa sobiq jamoasini ranjitdi. Shu tariqa Kovach "Ayntraxt"dagi so'nggi va "Bavariya"dagi ilk uchrashuvida g'alaba qozonib sovrinlarga ega chiqdi.

"Bavariya" ketma-ket ettinchi yili Superkubok bahsida ishtirok etdi va umumiy hisobdagi ettinchi Germaniya superkubogini qo'lga kiritdi.


Germaniya superkubogi.

"Ayntraxt" - "Bavariya" 0:5

"Kommercbank-Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Marko Fric


Gollar: 0:1 – 21 Levandovski, 0:2 – 26 Levandovski, 0:3 – 54 Levandovski, 0:4 – 63 Koman, 0:5 – 85 Alkantara.

Ayntraxt F – Rennov, Salsedo, Villems, da Koshta, Abraam, de Guzman (Rebich, 64), Xasebe, Gachinovich, Torro, Fabian (Blum, 64), Aller (Yovich, 76).

Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Robben (Koman, 58), Alkantara, Martines, Riberi, Myuller (Goretcka, 64), Levandovski (Vagner, 72).

Ogohlantirishlar: Xummels (45), Abraam (70).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia