Germaniya. 5-tur. "Shtutgart" safarda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013
Germaniya bundesligasida 5-tur o'yinlari start oldi.
Turning eng birinchi o'yini "Gerta" va "Shtutgart" o'rtasida kechdi. Bahs taqdirini birgina gol hal qildi. 49-daqiqada Maksim tomonidan oshirib berilgan pasdan so'ng Gentner maydon egalari darvozasini ishg'ol qildi - 0:1. 

Tur o'yinlari bugun davom etadi.

Gerta – Shtutgart 0:1 (0:0, 0:1)
13 sentyabr, Olimpiyashtadion
Gol:
0:1 – 49 Gentner (Maksim).
Gerta – Kraft, Pekarik, Lustenberger, Bruks, van den Berg, Xosogai, Chigerchi (Vagner, 76), Shelbred (N. Shulc, 76), Ronni, Ben-Xatira (Allagi, 84), Ramos.
Shtutgart – Ulrayx, G. Sakai, Shvaab, Ryudiger, Boka, Kvist, Gentner, Lyaytner (Kakau, 89), Maksim (I. Traore, 58), Verner (Xarnik, 66), Ibishevich.
Ogohlantirishlar: Ibishevich (33), Ronni (87). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia