Garsiya: "Destro "Roma"ni tark etadi deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2015
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya hujumchi Matti Destro jamoadan kyetishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Men tarkibda bir emas, bir necha nafar hujumchi bo'lishini xohlayman. Agar bir hujumchiga ishonsam, katta tavakkalga qo'l urgan bo'laman.

Oldin aytganimdek, yanvarda katta o'zgarishlarni amalga oshirmaymiz. Destroning boshqa futbolchilardan kam joyi yo'q., u o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Mattia klubni tark etadi deb o'ylamayman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com