Garri Keyn 2017 yilda Messidan ham kuchli

Aslanov Jasurbek
26 dek 2017, 18:21
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Sautgempton"ga qarshi Angliya Premer-ligasi 20-tur uchrashuvining birinchi bo'limida dubl qayd etdi.

Shunday qilib, Keyn 2017 yilda gol urish bo'yicha "Barselona" forvardi Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalikning joriy yildagi gollari 54ta edi, angliyalik forvard esa "avliyolar"ga o'zining 55-golini urdi.

2017 yilda gol urish bo'yicha natijalar:

Garri Keyn ("Tottenxem") - 55ta

Lionel Messi ("Barselona") - 54ta

Krishtianu Ronaldu ("Real") - 53ta

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia