Garnacho London jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025
"Chelsi" Alexandro Garnacho hamda Jeymi Gittensga qiziqish bildirmoqda.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, London klubi argentinalik borasida "Manchester Yunayted"ga, angliyalik borasida Dortmundning "Borussiya"siga taklif bilan chiqqan.

20 yoshli vingerlar "Chelsi"ning qiziqayotgan ko'p sonli futbolchilari sirasiga kiradi. Ushbu futbolchilar orqali "aristokratlar" hujum chizig'ini kuchaytirib olish niyatida.

Agarda klublar bu taklifga qiziqish bildirishsa, Garnacho va Gittens ham jamoasini o'zgartirishga qarshi bo'lishmaydi. Lekin hozircha tomonlar muzokaralarni boshlagani yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic