Gallo: "Neymar 2016 yilda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2014, 16:05
"Barselona" hujumchisi Neymar 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo'ladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi.

Bu haqida Braziliya olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Aleshandre Gallo ma'lum qildi.

"Neymar olimpiya jamoasiga chaqirilganlardan biri bo'ladi" - deydi Gallo.

Braziliyaliklar JCH-2014da Germaniya terma jamoasidan uchralgan yirik mag'lubiyat uchun muxlislari oldida o'zlarini oqlab olmoqchilar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com