Galliani: Milan hali transfer bozorini tark etmaydi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2014
Milan bosh direktori Adriano Galliani rossonerlar transfer bozori haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Hozircha jamoa o'z safiga 31 yoshli himoyachi Aleks va 27 yoshli yarim himoyachi Jeremi Menezni qo'shib oldi.

Hali vaqtimiz bor. Transfer oynasi 1 sentyabrga qadar davom etadi. Bu borada ishlayapmiz. Kuchli jamoa qurishga urinamiz.

Hozircha Jahon chempionatiga borgan 8ta futbolchi jamoa safiga qo'shilishmagan. Biroq shunday bo'lsa ham ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda. Inzagi o'zini murabbiy sifatida yaxshi tarzda namoyon etmoqda. Futbolchilar unga ishonishmoqda, - deydi Galliani Goal nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com