Gabulov: "Paxtakor" yuqori darajali klub emas"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2017, 15:56
Tulaning "Arsenal" klubi posboni Vladimir Gabulov "Paxtakor"ga qarshi o'tgan nazorat uchrashuvi (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Barcha yigitlar murabbiy bergan vazifani uddalashga harakat qilishdi. Nolga o'ynadik, ammo bu natijaga katta ahamiyat bermagan bo'lardim, chunki raqibni hurmat qilgan holda ular yuqori darajali jamoa emas deb o'ylayman va "Paxtakor" darvozamiz oldida hech qanday vaziyat yarata olmadi.

Yigitlarimiz harakat qilishdi, vaziyat yaratishdi, darvozaga zarbalar berishdi. Ammo afsuski gol ura olmadik. Vaqt bor, ishlashda davom etamiz. Futbolchilar murabbiy talablari, sxemasi va jamoadoshlariga ko'nikishi uchun vaqt kerak. Yigitlar jamoaga foyda keltirishi uchun yordam beramiz" - deydi Gabulov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com