Futzalchilarimiz 20 sentyabr kuni tongda Toshkentga yetib kelishadi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2016, 09:05
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyadagi mundialdagi ishtirokini yakunlaganidan xabaringiz bor.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoa delegaciyasi Medelin-Bogota-Istanbul-Toshkent yo'nalishi bo'yicha yurtimizga qaytishmoqda.

Futzalchilarimiz 20 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 06:15da O'zbekistonga yetib kelishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etdi. Jamoa guruhda Panama (1:3), Kolumbiya (3:3) va Portugaliya (1:5) kabi jamoalar bilan o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia