19, 20 va 21 iyun kunlari Qirg'iziston terma jamoasi bilan uchta o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazildi. Ana shu uchrashuvlar davomida terma jamoa murabbiylar shtabida yangi mutaxassis paydo bo'lganiga guvoh bo'ldik. Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik bo'lgan Karlos Korona darvozabonlar murabbiyi sifatida Toshkentga kelgan.
UFA rasmiylari bergan ma'lumotga ko'ra Karlos Toshkentdagi yig'inda Xose Mendezga yordam berish uchun faqatgina bir oyga kelgan va u 29 iyunda qaytib ketadi. Keyinchalik u bilan shartnoma tuzish borasida muzokaralar olib borilmagan.