Futzal. AGMK Osiyo chempionatini mag'lubiyat bilan boshladi

Tolibjon Qosimov
7 avg 2019, 16:43
Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

"B" guruhi, 1-tur

07.08.2019, 15:00

"Tay Son Nam" - AGMK 4:1

Gol: N.Min Tri 11, Kazuya 21, Tay Xuy 29, 33 - A.Usmonov 5

Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 3.Mashrab Odilov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriev, 14.Anasxon Rahmatov.

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Davron Valijonov, 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiev, 13.Islombek Biyto'raev.

"Tay Son Nam": 1.Xo Van (darvozabon), 2.Nguyen Van Xuy (darvozabon).

Futzalchilar: 3.Li Kuok Nam, 4.Pxat, 5.Alireza, 6.Xoa, 7.Nguyen Duy, 8.Nguyen Tri, 9.Tran Tay Xuy, 10.Tung, 11.Tran van Vu, 12.Shimizu, 13.Dung, 14.Ton Pxi.



Uchrashuv yakunlandi! 4:1


33 - Yana Tran Tay Xuy! 4:1

29 - Tran Tay Xuy! Raqibning 9-raqamli o'yinchisi futzalchimizni aldab o'tib, AGMK darvozasini ishg'ol qildi. 3:1

27 - Nishonoov! Husniddin Nishonov qulay vaziyatdan darvozani ishg'ol qila olmadi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

21 - Gol. Shimizu Kazuya hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. "Tay Son Nam" oldinga o'tib oldi.

11 - Gol, Nguyen Min Tri yon chiziqdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan Rustam Umarov darvozasiga joyladi.

5 - Gooooolllll, Akbar Usmonov birga-bir imkoniyatni qo'ldan chiqarmadi va hisobni ochdi.

Futzal

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia