Futzal. "Olmaliq" Dilshod Rahmatovni ijaraga oldi

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2017, 18:01
Shu yilning 20-30 iyul kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" ham ishtirok etadi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq" turnirda munosib ishtirok etish maqsadida tarkibga O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Dilshod Rahmatovni qo'shib oldi. Rahmatov Xitoyning "Dalyan Puvan Anbo" klubi a'zosi hisoblanadi. Shu sabab, olmaliqliklar Dilshodni 2 oyga ijaraga olishdi.

Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "Chonburi Blyuveyv" (Tailand) va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz