Futzal. Oliy liga, Chorak final. "Ardus" 4 bo'lim davom etgan bahsda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Tolibjon Qosimov
7 mar 2017, 16:35
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionat ikkinchi bosqich bellashuvlari davom etmoqda.

Bugun chorak finalning ikkinchi kun bahslari bo'lib o'tmoqda. "Metallurg" va "Ardus" jamoalari o'rtasidagi ikkinchi uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Besh daqiqadan iborat ikkita qo'shimcha bo'limlarda esa toshkentliklar uchta to'p kiritishdi. Yakuniy hisob - 2:5, "Ardus" foydasiga. Shu tariqa, Xose Mariya Mendez shogirdlari yarim final masalasini ikkita o'yinda hal qilishdi.

Oliy liga
Chorak final (2 kun)
07.03.2017

"Metallurg" - "Ardus" 2:5
Gollar:
G'.Mamajonov 4, S.Kuralov 33 - I.Hamroev 2, 48, A.Umarjonov 34, D.Choriev 43, I.Yusufjonov 45 (avt.)

"Metallurg" (birinchi beshlik): Nikolay Kravchenko, Sunnat Kuralov, Ilhom Yusufjonov, G'ulom Mamajonov, Maqsud Fayzullaev.
Zaxira: Nodir Nishonov, Islombek Bituraev, Timur Saydullaev, Jo'ra Ergashev, Sardorbek Inomjonov, Aliakbar Bayburin.

"Ardus" (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Davron Choriev, Eldor Hoshimov, Ilhom Xamroev, Alan Aminov.
Zaxira: Shavkat Ibragimov, Akbar Usmonov, Dilmurod Shavkatov, Davron Abdurahmonov, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Axror Umarjonov, Temur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Shohjahon Shonazarov, Asli Muhammadiev.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia