Futzal. Kechagi uchrashuvlardan keyin bosh murabbiylar nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
6 sen 2022, 01:15
Futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 1-turi 2-kungi doirasidagi bahslar yakuniga etdi.

Bugungi kun uchrashuvlaridan keyin jamoalar bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maxam-Chirchiq" - "Lokomotiv" (3:5) uchrashuvidan keyin

Abdujabbor G'afforov (“Maksam Chirchiq” bosh murabbiyi):

- O'yinda biz ko'proq xato qildik. Raqib jamoa o'z imkoniyatlaridan foydalanib gol urdi,  ko'p vaziyatlarda darvozaga to'p kirita olmadik. Futzalchilarim yosh, lekin umumiy olganda uchrashuv qiziqarli o'tdi.

Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Oson o'yin bo'lmadi, uchrashuv judayam tomoshabop o'tdi. Yoshlarni kuzatishda davom etyapmiz, o'ylaymanki to'g'ri yo'ldamiz. Darvozabonimiz Klim Tyugaev bugun haqiqiy jasorat ko'rsatdi, 4 ta dabl penaltini qaytardi ko'plab seyvlar amalga oshirdi. Omad ham bugun biz tomonda bo'ldi.

"Oil Star" - "Nasaf" (3:2) uchrashuvidan keyin:

Fuzuli Xayrullaev ("Oil Star" jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin biz kutganimizdan qiyin kechdi. Raqib ancha puxta tayyorgarlik ko'rgani ma'lum bo'ldi. Agar, bugun biz o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olganimizda kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi.

Oybek Polvonov (“Nasaf” futzal jamoasi o'ynovchi murabbiyi):

- O'yin juda qiyin bo'ldi, ozgina omad ham yetishmadi. Yigitlarga rahmat, borini berishdi. O'zimizning xatolarimizdan ko'proq zarar ko'rdik. Bazi vaziyatlarda hakamlar ham ko'proq hushtak chalib yuborishayapti. Shu jihatga ozgina e'tibor qaratsak yaxshi bo'lardi.

"Neftchi" - "Paxtakor" (5:5) uchrashuvidan keyin:

Shuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun yomon o'ynadik. Bunday o'yin bilan yaxshisi o'ynamaganimiz maqul. Futzalchilarga nima bo'lganini bilmayman. Hozir ular bilan gaplashamiz. 

Farruh Zokirov (“Neftchi” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritdik, “Paxtakor” ham xuddi shunday. Jangovar durang bo'ldi. Bu keyingi o'yinlarga motivaciya beradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: t.me/FutzalChempionati