Futzal. Guruhdoshlarimizga qarshi qanday o'ynaganmiz?

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022
Bugun Kuvaytda hisob bo'yicha 17-futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bellashuvlari start oladi.

Unda O'zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov bosh murabbiylik qilayotgan terma jamoamiz "B" guruhida  Bahrayn, Tojikiston, Turkmaniston bilan to'p tepadi.

Xo'sh, futzalchilarimiz qita chempionatida guruhdagi raqiblariga qarshi necha marotaba maydonga tushgan va qanday natija qayd etgan. Quyida mana shu borasida so'z yuritamiz.

TURKMANISTON

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 6

Eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi

Terma jamoamiz Osiyo chempionati bahslarida Turkmanistonga qarshi biror marotaba to'qnash kelmagan. Bu birinchi musobaqadagi ilk rasmiy bellashuv bo'lishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Turkmaniston 10 yillik tanaffusdan so'ng futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi.


BAHRAYN 

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 2

Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1 marta - 2018)

Terma jamoamiz uchun notanish terma jamoalardan biri deb so'zsiz Bayhraynni ko'rsatish mumkin, chunki vakillarimiz ularga qarshi Osiyo chempionatida umuman to'qnash kelishmagan. Qolaversa, yaqin orada ular o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazilgani yo'q. 


TOJIKISTON

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 10

Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1 marta – 2007)

Biz qo'shnilarimizga qarshi ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Gap Osiyo chempionati bahslari haqida ketmoqda. Jumladan, 5 marotaba o'ynaganmiz va barchasida futzalchilarimiz muvaffaqiyat qozonishgan. 

Eng yirik g'alaba 2001 yildagi musobaqada qayd etilgan. Unda terma jamoamiz futzalchilari 7:1 hisobida zafar quchgan. 

Tojikistonga qarshi o'zaro uchrashuvlar tarixi:

2001 yil

15.07. O'zbekiston – Tojikiston – 7:1 (guruh bosqichi)


2005 yil

29.05. Tojikiston – O'zbekiston – 1:5 

Gollar: Nasikxov – Furqat Qudratov, Aleksandr Korolev, Bahodir Ahmedov 2ta, Farrux Zokirov


2007 yil

17.05. O'zbekiston – Tojikiston – 3:1

Gollar: Nikolay Odushev, Abdulla Bo'riev 2ta – Faizullaev


2018 yil 

03.02. Tojikiston – O'zbekiston – 2:4

Gollar: Kuziev, Salomov – Dilshod Rahmatov, Dilshod Choriev 2ta, Mashrib Adilov


Samandarbek tayyorladi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia